Biz – OnlaynDarslar, onlayn kurslar va unga aloqador bo’lgan internet xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyamiz. Xizmatlarimizni taklif etishda https://onlayndarslar.uz va unga aloqador subdomenlardagi veb saytlardan foydalanamiz.

Ushbu Maxfiylik siyosati barcha biz taklif qilayotgan onlayn kurslarga taaluqlidir.

Shaxsiy ma’lumotlari

Biz davlat xizmatchilari, tashkilot xodimlari va boshqa o‘z xohishi bilan malakasini oshirish istagidagi xodim o‘quvchilarining shaxsiy maʼlumotlarini qisman to‘plashimiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumotlar

O‘quvchilarning foydalanuvchi tajribasini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha maʼlumotlarni avtomatik shakllantirishimiz mumkin (F.I.O, Ish joyi, Lavozimi, o‘qish joyi hokazo) shular shumlasidandir.

Yig’ilgan ma’lumotlardan qanday foydalanamiz

Kompaniya o’quvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini quyidagi maqsadlarda to’plashi va foydalanishi mumkin:

Mijozlarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash uchun

Siz taqdim etgan maʼlumotlar mijozlarga xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash ehtiyojlariga yanada samaraliroq javob berishga yordam beradi.

SMS xabarlarini yuborish uchun

Biz o’quvchilarning telefon raqamlariga kurslar yoki xizmatlar haqida SMS xabarnomalar yuborishda foydalanishimiz mumkin. O’quvchilarning telefon raqamlari o’quvchilarning savollari, takliflari va boshqa so’rovlarga javob berishi uchun ham ishlatilishi mumkin.

Remarketing

Biz Google Analytics, Yandex Metrica, Facebook Pixel kabi uchunchi tomon xizmatlaridan foydalangan holda «remarketing» (qayta marketing qilish) bilan shug’ullanishimiz mumkin.

Ma’lumotlar uchunchi tomon bilan ulashilmaydi

Biz foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini uchunchi tomon bilan bo’lishmaymiz. Barcha ma’lumotlarga faqatgina administratorlarning kirish huquqi mavjud.

Ma’lumotlarni o’chirish

Foydalanuvchilar saytimizdagi o’z shaxsiy ma’lumotlarini o’chirishni xohlasalar, @onlayndarslar.uz telegram kanali orqali bog’lanishlari mumkin.

Maxfiylik siyosatini yangilash

Biz ushbu maxfiylik siysoatiga vaqti-vaqti bilan o’zgartirish kiritishimiz mumkin. Kattaroq o’zgarish bo’lganda barcha foydalanuvchilarga sms xabar yoki sayt orqali xabar beriladi.

Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirish

Saytimizga kirishingiz va ro’yxatdan o’tishingiz bilan siz ushbu Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirgan hisoblanasiz